Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

Samarqand shahrida “24/7 turizm” tamoyillari asosida zamonaviy, xavfsiz va tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi turizm infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu maqsadda turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlardagi bozor, savdo majmualari va tarixiy-madaniy meros obyektlarining ish vaqti uzaytirildi, sayyohlar uchun maxsus xizmat ko‘chalari tashkil etildi. Bozor, savdo majmualari va muzeylar uchun uzaytirilgan ish vaqti Turistlar gavjum hududlardagi obyektlarning ish vaqti uzaytirildi: “Siyob” bozori soat 24:00 gacha, “Makon Mall” va “Family Park” savdo majmualari 23:00 gacha xizmat ko‘rsatmoqda. Tarixiy-madaniy meros obyektlariga kechki vaqtda ziyorat qilish imkoniyati ham kengaytirildi. Endilikda “Afrosiyob” muzeyi, “Amir Temur” maqbarasi, “Bibixonim” majmuasi hamda “Mirzo Ulug‘bek” rasadxonasi muzey majmuasi soat 23:00 gacha, “Registon” ansambli soat 24:00 gacha ochiq bo‘ladi. Bundan tashqari, har kuni soat 21:00 da Registon maydonida musiqiy shou namoyish etiladi.…
6-sentabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida mohir pianino sozandasi Lang Langning Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konserti bo‘lib o‘tdi.Kecha dasturida Lyudvig van Bethovenning 5-sonli “Imperator” fortepiano konserti va Jorj Gershvinning “Blyuz uslubidagi rapsodiya” asari yangradi.O‘zbekistonlik bastakor Anor Nazarovning katta simfonik orkestr uchun yaratgan “Taronalar bazmi” asari tomoshabinlarning talablariga binoan ijro etildi.Registon maydonidagi konsert O‘zbekistonning eng diqqatga molik tarixiy makonlaridan birining iste’dodi va mahorati, qoyilmaqom ijrosi hamda o‘zgacha muhitini mujassam etgan yorqin musiqiy voqea bo‘ldi.
Samarqandga AQSh Senatining Markaziy Osiyo bo‘yicha Senat Kokusi hamraisi, senator Stiv Deyns boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni temir yo‘l vokzalida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi. Tashrif doirasida delegatsiya Amir Temur maqbarasini ziyorat qilib, Amir Temur va Temuriylar davridagi davlatchilikning boy tarixi hamda bunyodkorlik an’analari haqida ma’lumot oldi. Shundan so‘ng delegatsiya vakillari Registon maydoniga tashrif buyurib, madrasalarning me’moriy xususiyatlari va mahobati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif dasturidan Samarqandning boshqa diqqatga sazovor maskanlari va shahardagi madaniy meros obyektlari bilan tanishish ham o‘rin olgan.
2026-yilning 1 avgustda samarqandlik Ravshan Amirov Markaziy Osiyodagi juda jozibador, lekin o‘ta murakkab yo‘nalishlardan biri — afsonaviy Pomir magistrali bo‘ylab yolg‘iz o‘zi velosipedda safarga chiqadi. 3000 kilometrdan oshiq masofani o‘zida jamlagan mazkur safar Tojikiston hududida joylashgan mintaqadagi eng baland tog‘ dovoni — Oq-Baytaldan (4655 m) o‘tish; so‘ngra Kulma dovoni orqali Xitoyga — qadimiy Qoshg‘ar shahriga borish va nihoyat, Pomir tog‘larini yana bir bor kesib o‘tib, Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yetib borishdan iboratdir. Biroq, ushbu sayohatning asosiy maqsadi na sportda biror bir yutuqqa erishish, na baland tog‘ dovonlarini zabt etishdir. Veloekspeditsiya saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish uchun O‘zbekistondagi ko‘ngillilar tomonidan ilk…
Tarixiy “Registon” maydoni yana bir bor jahon musiqa san’ati va ajoyib ijrochilik an’analarining uchrashuv joyiga aylandi. 10-iyun kuni Samarqandda Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Rossiya Bolshoy teatri opera va simfonik orkestri solistlarining gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Dunyoning yetakchi musiqali teatrlaridan birining chiqishi shahar madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, afsonaviy maydonda ko‘plab tomoshabinlarni jamladi. Konsert Rossiya Bolshoy teatrining 250 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro dasturning bir qismi hisoblanadi. Ushbu kecha Samarqandning boy tarixiy meros va jahon san’atini birlashtirgan yirik xalqaro madaniy tadbirlar maydoni sifatidagi alohida rolini yana bir bor ta’kidladi.