Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz
Seshanba, 08 sentyabr 2026 03:50

Lang Lang Samarqanddagi Registon maydonida konsert berdi

6-sentabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida mohir pianino sozandasi Lang Langning Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konserti bo‘lib o‘tdi.

Kecha dasturida Lyudvig van Bethovenning 5-sonli “Imperator” fortepiano konserti va Jorj Gershvinning “Blyuz uslubidagi rapsodiya” asari yangradi.

O‘zbekistonlik bastakor Anor Nazarovning katta simfonik orkestr uchun yaratgan “Taronalar bazmi” asari tomoshabinlarning talablariga binoan ijro etildi.

Registon maydonidagi konsert O‘zbekistonning eng diqqatga molik tarixiy makonlaridan birining iste’dodi va mahorati, qoyilmaqom ijrosi hamda o‘zgacha muhitini mujassam etgan yorqin musiqiy voqea bo‘ldi.

O'qilgan 52 marta