Sharq Taronalari

Xalqaro musiqa festivali

Sharq Taronalari

Sharq Taronalari logoSharq Taronalari («Xalqaro musiqa festivali») - Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Sharq Taronalari (“Melodii vostoka”) - Xalqaro musiqa festivali

Tarixi

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqandda 1997-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Doimiy asosda har ikki yilda bir marta tashkil etiladi. Musiqa forumining belgilangan maqsad va vazifalari milliy musiqa sanatining eng yaxshi yutuqlarini keng ommalashtirish, saqlab qolish va rivojlantirish; yosh avlodni milliy an’analar bilan davomiylik ruhida tarbiyalash; xalqaro ijodiy aloqalarni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Festivalning tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradokompaniyasi, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyati Hokimligi (ma’muriyati) hisoblanadi. Tanlov YUNESKO ko‘magida o‘tkaziladi.

Festivalda ishtirok etuvchi mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda: agar 1997-yildagi birinchi festivalda 31 ta mamlakat vakillarining chiqishlari kuzatilgan bo‘lsa, 2009-yilda - bu mamlakatlarning soni 50 taga yetdi.

Festivalning rasmiy sayti – www.sharqtaronalari.uz