Epigrafiya

epigraphic

“O‘zbekistonning me’morchilik epigrafiyasi” noyob loyihasi mamlakatimiz me’morchilik yodgorliklaridagi yozuvlarning ma’nosini bilib olish imkonini berdi.

Olimlar ijodiy guruhining bir necha yillik mehnat natijalari “O‘zbekiston me’morchilik epigrafiyasi” seriyasiga to‘plandi, u Uzbekistan Today axborot agentligining bazasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bu loyiha mamlakat hududida joylashgan barcha me’morlik yodgorliklari epigrafiyasini kompleks o‘rganishga va umumlashtirishga yo‘naltirilgan.

Mutaxassislar 1500 dan ortiq epigrafiya yodgorliklaridagi (ulardan ko‘pi birinchi marta) yozuvlarni o‘qidilar va tarjima qildilar, ular orasida – 200 dan ortiq she’r, pand-nasihat, hikmatli iboralar; 100 dan ortiq ustalar va xattotlarning ismlari; 300 ta diniy va 150 ta bag‘ishlov yozuvlari, 150 ta xronogramma va 100 ta tarixiy sana, hukmdorlarning 100 ta farmoni va hokazolar mavjud.

Ijodiy guruh Samarqandning Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi va jome masjidi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli kabi butun jahonga mashhur me’morchilik yodgorliklaridagi va boshqa yozuvlarni o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.

Juda katta ish qilindi. Mualliflar ilgari e’lon qilingan turk tilidagi, arab va fors yozuvlari va tarjimalarni to‘ldirish va tuzatishga, birinchi marta ilgari mutaxassislar o‘qiy olmagan bir talay epigrafiya materiallarni ilmiy aylanmaga jalb qilishga erishdilar.

Ushbu bo‘limda asrlar qa’ridan nomalar taqdim etilgan: