Chop etish versiyasi
Dushanba, 19 yanvar 2026 06:08

Registondan Mirzo Ulug'bek rasadxonasigacha: Samarqandda 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yoʻnalishi ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Taqdimotda yirik madaniyat va turizm obyektlari loyihalari koʻrib chiqildi.

Samarqandda “Samarqand merosi yoʻlagi” loyihasi ish boshlamoqda. Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yoʻnalishi oʻzaro bogʻlaydi.

Samarqandda yangi “Ipak yoʻli” muzeyini qurish loyihasi taqdim etildi. Umumiy maydoni 19,5 ming kvadrat metrni tashkil etadigan uch qavatli zamonaviy bino qurilib, unda inklyuziv muhit, koʻrgazma zallari, eksponatlarni saqlash fondlari, shuningdek, taʼlim olishga moʻljallangan hududlarni yaratish koʻzda tutilgan.

Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi hududida landshaft dizaynini yangilash rejalashtirmoqda. Yangi muzey binosi, immersiv koʻrgazma zallari, tashrif buyuruvchilar uchun markaz barpo etiladi. Piyoda yoʻlaklari obodonlashtirilib, arxeologik obyektlar yagona muzey muhitiga uygʻunlashtiriladi.

O'qilgan 212 marta